21:39 / 31.01.2018
23 955

Matbuotga O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori Otabek Murodov haqida nimalar ma’lum?

Matbuotga O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori Otabek Murodov haqida nimalar ma’lum?
Avval xabar berganimizdek, bugun, 31 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Milliy xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi.

Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatov o‘z vazifasidan ozod etilib, uning o‘rniga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimida ishlab kelayotgan Ixtiyor Abdullayev tayinlandi. Prezident davlat maslahatchisi Otabek Murodov esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori lavozimiga tayinlandi.

Bosh prokuraturaning rasmiy saytida bir oz muddat avval paydo bo‘lgan xabarga ko‘ra, Otabek Bahriddinovich Murodov O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 31 yanvardagi PF-5320-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori etib tayinlandi.

Matbuotga O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori haqida nimalar ma’lum? Avvalo, shuni aytib o‘tish kerakki, yangi Bosh prokuror haqida ma’lumotlar u qadar ko‘p emas.

Manbalarimizning ma’lum qilishicha, Otabek Murodov 1975 yili Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Ochiq manbalardagi ma’lumotlarga ko‘ra, u O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining jinoyatlarni tergov qilish boshqarmasi alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, Adliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

2017 yilning 1 martida O‘zbekiston Prezidentining 4976-sonli farmoniga muvofiq, u O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi etib tayinlangan edi.

Bosh prokuraturaning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, Otabek Murodov 3-darajali davlat adliya maslahatchisi hisoblanadi.

U 2002 yili Prezident farmoniga ko‘ra «Jasorat» medali bilan taqdirlangan.

Otabek Murodov mustaqil O‘zbekiston tarixida beshinchi Bosh prokuror bo‘ldi. Bungacha ushbu lavozimda Bo‘ritosh Mustafoyev, Usmon Xudoyqulov, Rashid Qodirov, Ixtiyor Abdullayev faoliyat ko‘rsatgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Matbuotga O‘zbekistonning yangi Bosh prokurori Otabek Murodov haqida nimalar ma’lum?