13:02 / 01.02.2018
5 692

Andijonda ham dron “ucholmadi”...

Andijonda ham dron “ucholmadi”...
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish choralari to‘g‘risida” 2014 yil 26 noyabrdagi 322-sonli qaroriga muvofiq, respublikamiz hududiga 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab uchuvchisiz uchish qurilmalarini olib kirilishi taqiqlangan.

Ammo, ayrim fuqarolar tomonidan videotasvirga tushirish uchun mo‘ljallangan kamerali uchuvchisiz uchish apparatlarini (dron) olib kelish holatlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi Andijon viloyati Bojxona boshqarmasi axborot xizmati.

Yaqinda Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Do‘stlik” chegara bojxona kompleksi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasidan O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelgan fuqaro M.Maxmudbekov belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, ushbu fuqaro noqonuniy ravishda uchuvchisiz uchish apparatini olib kelayotganligi aniqlandi.

U o‘zi bilan olib kelayotgan ushbu uskunani yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rsatmagan va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilmagan bo‘lsada, zamonaviy rentgen apparatlaridagi tasvirlar uning qo‘l yuklari orasida dron yashirilganini oshkor etdi.

Hozirda mazkur huquqbuzarlik holati yuzasidan ma’muriy ish yuritilib, sud organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu haftada Davlat bojxona qo‘mitasi Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi ham Urganch xalqaro aeroportida uchuvchisiz uchish apparati olib kirilishining oldi olinganligi haqidagi xabarlarni tarqatgan edi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda ham dron “ucholmadi”...