14:39 / 01.02.2018
6 822

Toshkentda qurilayotgan yer usti metro halqasi qaysi tumanlar hududidan o‘tadi?

Toshkentda qurilayotgan yer usti metro halqasi qaysi tumanlar hududidan o‘tadi?
Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “Toshkent metropoliteni” UK rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanda ma’lum qilinishicha, poytaxtimizda uzunligi 51,1 kilometr bo‘lgan yer usti metro halqa yo‘li qurilishi davom etmoqda. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha poyezdlarning o‘rtacha harakat tezligi 60 kilometrga yetadi, xalqa bo‘ylab yo‘lni bosib o‘tish vaqti 1 soatu 10 daqiqa etib belgilangan.

Dastlabki bosqichda Toshkent metropolitenining “Do‘stlik” bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan 8 bekatdan iborat qismi quriladi. Keyinchalik u “Olmazor”, “Beruniy”, “Bodomzor” hamda “Tuzel” bekatlari orqali yana “Do‘stlik” bekatiga tutashtirilib, yaxlit metro halqasini tashkil etadi. Mazkur metro yo‘li Yashnobod, Uchtepa, Olmazor, Yunusobod, Chilonzor va Sergeli tumanlari hududidan o‘tadi.

Ayni paytda bu yerda 47,5 ming kub metr tuproq ishlari bajarildi. 175 ta estakada tayanch ustunlarining loyiha-smeta hujjatlari olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda qurilayotgan yer usti metro halqasi qaysi tumanlar hududidan o‘tadi?