17:39 / 01.02.2018
15 293

Sobiq MXX raisi Rustam Inoyatovning tarjimai holi bilan tanishing

Sobiq MXX raisi Rustam Inoyatovning tarjimai holi bilan tanishing
Xabaringiz bor, kecha, 31 yanvar kuni chorak asrga yaqin vaqt davomida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatini boshqarib kelgan Rustam Rasulovich Inoyatov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan lavozimidan ozod etildi. Rustam Inoyatov shu kunning o‘zidayoq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha Davlat maslahatchisi lavozimida ish boshladi.

Biroz avval xabar qilganimizdek, Rustam Inoyatov bugun, 1 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zoligiga qabul qilindi. E’tiboringizga Rustam Inoyatovning tarjimai holini havola etamiz.

Rustam Rasulovchi Inoyatov 1944 yil 22 iyunda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida tavallud topgan.

Rustam Inoyatov 1965—1967 yillarda Toshkent qurilish trestida ishlagan va bir vaqtning o‘zida ToshDUning fors filologiyasi fakultetida o‘qigan.

1968 yilda harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmat davrida SSSR KGB tizimiga qabul qilingan. Dastlab qo‘mitaning respublikadagi bo‘limlarida ishlagan. Keyinchalik tashqi razvedka bilan shug‘ullanadigan – Birinchi bo‘limga ishga o‘tgan. Rustam Inoyatov o‘zbek, fors, rus va ingliz tillarini biladi.

1976—1981 yillarda Afg‘onistonda doimiy rezident sifatida ishlagan.

1995 yilda KGB o‘rnida yangi tashkil qilingan O‘zbekiston MXX rahbari lavozimiga tayinlangan. 2018 yilning 31 yanvariga qadar MXX raisi lavozimida ishladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sobiq MXX raisi Rustam Inoyatovning tarjimai holi bilan tanishing