21:15 / 01.02.2018
7 101

Toshkentda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 7 ta avtomobil yonib ketdi

Toshkentda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 7 ta avtomobil yonib ketdi
Kecha, 31 yanvar kuni soat 18:22 da Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Asalobod 1-daha 1-uyda joylashgan «Eksilon Invest» MChJga qarashli avtoturargohda yong‘in sodir bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida avtoturargohning 100 kv. m. maydonida joylashgan tom qismi va shu yerda bo‘lgan turli rusumdagi jami 7 ta avtomashina yonib zarar ko‘rgan. Yong‘in kelib chiqish sabablari aniqlanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda sodir bo‘lgan yirik yong‘inda 7 ta avtomobil yonib ketdi