2 fevral kuni internetda Toshkent shahridagi «O‘rikzor» bozori sotuvga qo‘yilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. O‘zA muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga murojaat qildi.
Boshqarma bosh mutaxassisi Bahodir Yusufjonovning aniqlik kiritishicha, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 36 ta davlat aktivi savdoga qo‘yilgan. Ular orasida «O‘rikzor savdo kompleksi» mas’uliyati cheklangan jamiyati balansidagi ikkita mulk kompleksi ham bor.
Ikki kompleks ham Uchtepa tumanida joylashgan bo‘lib, biri savdo, ikkinchisi xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mulk kompleksi hisoblanadi. Ular Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 iyundagi 507-farmoyishiga binoan savdoga qo‘yilgan.
«Boshqarma bosh mutaxassisining ma’lumotlari shundan dalolat beradiki, savdoga qo‘yilgan davlat aktivlari haqidagi e’lonning ayrim OAV tomonidan noto‘g‘ri talqin etilishi hamda yuzaki yondashilishi natijasida ‘O‘rikzor’ bozorining sotilishi haqidagi xabarlar tarqab ketgan», — deyiladi xabarnomada. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi