11:30 / 04.02.2018
5 199

Prezident farmoni: jamoat joylarida sifatli Wi-Fi hududlari soni keskin oshiriladi

Prezident farmoni: jamoat joylarida sifatli Wi-Fi hududlari soni keskin oshiriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi turizm salohiyatini rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini turizm sohasiga jadal tatbiq etish maqsadida ushbu farmon bilan quyidagilar belgilandi:

— 2018 yilning 1 yanvaridan e’tiboran turizm mahsulotlarini sotish va/yoki turizm xizmatlarini onlayn bronlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga elektron to‘lovlar, bronlash, ekvayring va boshqa elektron xizmatlarni tatbiq qilish, shuningdek, turizm xizmatlarining zamonaviy turlarini taklif qiluvchi ixtisoslashtirilgan internet-saytlar va portallarni yo‘lga qo‘yishni rag‘batlantirishga yo‘nalitirilgan soliq imtiyozlarini taqdim qilish;

— jamoat joylarida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlari (Wi-Fi) bilan jihozlagan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga foydalanuvchilarning shaxsini majburiy tartibda aniqlash bilan birgalikda tegishli sifatdagi ulanishni ta’minlash bo‘yicha majburiyat qo‘yish;

— o‘z hududida Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) o‘rnatgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga tegishli sifatdagi simsiz ulanish hududini kengaytirish uchun asbob-uskunalarni xarid qilish va internet-trafikni sotib olishga yo‘naltirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish;

— Internet tarmog‘iga simsiz bepul ulanish hududlarini (Wi-Fi) barpo etgan operatorlar, provayderlar va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bunday hududlar tashkil etilgan joyda beg‘araz asosda 18 kv. m.dan ortiq bo‘lmagan maydondagi reklama banneri yoki romlarini o‘rnatish huquqini taqdim etish.

Shuningdek, mazkur farmon bilan tunu kun namoyish etadigan «Dunyo Buylab» telekanali O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ichki turizm, dam olishning faol turlari va sport turizmini rivojlantirish, madaniy meros ob’ektlari va tabiiy boyliklar, shu jumladan, qo‘riqlanadigan tabiat hududlarini saqlash va ulardan foydalanish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlarni yoritish masalalari bo‘yicha axborot hamkori sifatida belgilandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident farmoni: jamoat joylarida sifatli Wi-Fi hududlari soni keskin oshiriladi