22:40 / 05.02.2018
5 937

O‘zbekistonda oila qurmoqchi bo‘lganlarni nimalar kutmoqda?

O‘zbekistonda oila qurmoqchi bo‘lganlarni nimalar kutmoqda?
Ayollarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash kompleks chora-tadbirlari dasturida nikohni qayd qilish va bekor qilish qoidalarini kiritish ko‘zda tutilgan.

Endilikda nikohdan o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar maxsus ta’lim dasturi bo‘yicha oilaviy hayot majburiy o‘quv kurslarida o‘qishlari kerak bo‘ladi. Ushbu dastur chet el tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilishi aytilmoqda.

Shuningdek, nikohdan o‘tmoqchi bo‘lganlarning sog‘lig‘i to‘g‘risida ataydan noto‘g‘ri ma’lumotlar beradigan rahbarlar va tibbiyot muassasalari xodimlari uchun javobgarlikni kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

Nikohni qayd etish muddati uzaytiriladi. Jiddiy qaror borasida mulohaza uchun bir oylik muddat yetarli emas, deb topilgan.

Nikohni bekor qilish faqatgina sud orqali o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, er-xotinga beriladigan yarashish muddati bir yilga uzaytiriladi.

Ajrashish tashabbusi bilan chiqqan tomon ikkinchi tomonga tovon puli to‘lashi singari jahonda keng qo‘llanilib kelayotgan amaliyot O‘zbekistonda ham hayotga tatbiq etilishi rejalashtirlmoqda.

2018 yilda ishlab chiqilgan normalarga o‘zgartishlar kiritilishi mumkinligi ham eslatib o‘tilgan.

Manba: Sof.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda oila qurmoqchi bo‘lganlarni nimalar kutmoqda?