23:10 / 05.02.2018
6 429

Samarqand markazida “Cobalt” haydovchisi YHXB xodimini urib ketdi (Video)

Samarqand markazida “Cobalt” haydovchisi YHXB xodimini urib ketdi (Video)
3 fevral kuni Samarqand viloyati YHXB xodimlari Panjakent ko‘chasida spirtli ichimliklar ichib avtomashina boshqarayotgan haydovchilarni aniqlash borasida tadbir o‘tkazdi.

Ushbu reyd soat taxminan 22:50 da o‘tkazilgan. YHXB inspektori “Cobalt” avtomashinasini to‘xtatganda, haydovchi buyruqqa bo‘ysunmasdan inspektorni va shu atrofda bo‘lgan fuqarolarni urib yuborib, qochib ketishga harakat qilgan.

Eslatib o‘tamiz, YHX xodimlarini haydovchilar tomonidan urib ketilish holatlari, uch kunda uch martani tashkil qilmoqda.

Jumladan, avval Xivada bu holat ro‘y bergan bo‘lsa, keyinchalik Buxoroda ham haydovchi Yo‘l harakati nozirini urib ketgani qayd etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand markazida “Cobalt” haydovchisi YHXB xodimini urib ketdi (Video)