06:30 / 06.02.2018
6 094

Kollejning direktori ham o‘qituvchisi ham yolg‘onchimi? (Video)

Kollejning direktori ham o‘qituvchisi ham yolg‘onchimi? (Video)
“Yoshlar” telekanali jurnalisti Bo‘ka tumanidagi “Agrasanoat va transport kasb-hunar kolleji”ga borib, o‘quvchilarning darsga qatnashish holatini o‘rgandi.

O‘qituvchi darsda hamma borligini, faqat 4 ta o‘quvchi biroz kechikib kelganini ta’kidlagan bo‘lsa, o‘quvchi boshqa o‘quvchining o‘rnidan darsda qatnashayotganini rosmana tan oldi.

- “Meni o‘qituvchi chaqirib, hozir kelmagan o‘quvchining o‘rnida darsda qatnashib turasan dedilar”, deydi u.

O‘qituvchiku mayli, kollej rahbarining “yolg‘on” gapirayotgani mutloqo tushunarsiz bo‘ldi.

Kollej o‘quvchilaridan biri direktor uni chaqirib, hali darsga kelmaganlarning o‘rnida o‘tirib turishini tayinlaganini aytib berdi.

Shubhasizki, qaysi bir o‘quvchi direktorning aytganini qilmaydi.

Xullas, kollejlardagi ahvol o‘zgardi, o‘quvchilar o‘z vaqtida darsga kelmoqda deb turgan bir paytimizda, Bo‘kadagi kollej “ahvol hamon o‘sha-o‘sha” ekanligini isbotlab bermoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kollejning direktori ham o‘qituvchisi ham yolg‘onchimi? (Video)