12:39 / 06.02.2018
10 251

Reyting yangilandi. Xalq dardiga quloq solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 3 viloyat hokimi

Reyting yangilandi. Xalq dardiga quloq solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 3 viloyat hokimi
«Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi «Xalq bilan muloqot / Dialog s narodam» guruhida 2018 yil yanvar oyida aholi tomonidan tushgan murojaatlar bilan ishlashda jonbozlik ko‘rsatgan 3 nafar hokim nomi aniqlandi.

E’lon qilingan reytingda Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov (4930 ta murojaatning 76 foizini qanoatlantirgan), Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoyev (6573 ta murojaatning 71 foizini qanoatlantirgan) hamda Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev (5337 ta murojaatning 71 foizini qanoatlantirgan) nomi ko‘rsatilgan.

Mazkur reyting Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning qanoatlantirilishi darajasiga qarab tuzilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilgacha bo‘lgan davrdagi reytingga ko‘ra Erkinjon Turdimov (Surxondaryo), Shuhratbek Abdurahmonov (Andijon), G‘ulomjon Ibragimov (Toshkent viloyati) kuchli uchlikni zabt etgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Reyting yangilandi. Xalq dardiga quloq solishda jonbozlik ko‘rsatayotgan 3 viloyat hokimi