13:43 / 06.02.2018
8 543

Avtomashinadagi gaz ballon portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi (Foto)

Avtomashinadagi gaz ballon portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi (Foto)
Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

2018 yil 2 fevral kuni soat taxminan 22:30da Buxoro viloyati, Kogon tumanida joylashgan “ZELIC OIL GAZ” MChJga tegishli avtomobillarga gaz qo‘yish shoxobchasi oldida “Matiz” rusumli avtomashinada o‘rnatilgan gaz balloni portlagan.

Buning natijasida avtomashinada bo‘lgan 2 nafar fuqaro og‘ir tan jarohati olib vafot etgan deb yozmoqda Uznews.uz nashri.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajaralishi uchun mas’ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi odam o‘lishiga sabab bo‘lsa) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avtomashinadagi gaz ballon portlashi natijasida ikki kishi vafot etdi (Foto)