«O‘zbekiston havo yo‘llari» xalqaro chiptalarni tannarxidan past narxda sotadi

  • 07 fevral 2018, 07:02
  • 3 647
  • Jamiyat
  • «O‘zbekiston havo yo‘llari» xalqaro chiptalarni tannarxidan past narxda sotadi
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 fevral kuni «Kirish turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA saytida keltirilgan.

    Unga ko‘ra, 2018 yil 1 maydan boshlab tranzit bo‘yicha harakatlanayotgan xorijiy yo‘lovchilarga kelishlari bilan 72 soat muddatga qisqa muddatli kirish vizalarini berish joriy etiladi. Bunda ularda uchinchi mamlakatga aviachipta va viza (zarurat bo‘lganda) mavjud bo‘lishi hamda konsullik yig‘imlarini to‘lash talabi, shuningdek, tasdiqlangan turizm dasturlari bo‘yicha tanishuv turlari uchun ularning aeroport chegara hududidan tashqariga qisqa muddatli nazorat qilinadigan chiqishi tartibi nazarda tutiladi.

    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada Ziyorat turizmini qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi. Unga ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, xorijiy ommaviy axborot vositalarida O‘zbekiston to‘g‘risida Islom dini va boshqa jahon dinlarining madaniy-tarixiy va ilmiy-teologik markazi sifatida axborot materiallarini targ‘ib qilish va tarqatish yuklatildi.

    Shuningdek, «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKga qatnovlar raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida xalqaro qatnovlar uchun aviachiptalarni tannarxidan past narxlarda sotish huquqi berildi. MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmi joriy etiladi.

    2018 yil 1 martgacha turistlarga tezkor yordam ko‘rsatish uchun yagona qisqa umumrespublika telefon raqamiga ega bo‘lgan «Call-markaz»ning faoliyati autsorsing shartlarida tashkil etiladi.

    Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari S.R.Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «O‘zbekiston havo yo‘llari» xalqaro chiptalarni tannarxidan past narxda sotadi