16:30 / 07.02.2018
4 509

Kutilgan xabar! Endi Toshkent metropolitenida suratga olish taqiqlanmaydi

Kutilgan xabar! Endi Toshkent metropolitenida suratga olish taqiqlanmaydi
Toshkentdagi “Wyndham” mehmonxonasida Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tayotgani va unda “Xabar.uz” axborot-tahliliy portalining maxsus muxbiri ham ishtirok etayotgani haqida xabar bergan edik.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning aytishicha, shu paytgacha O‘zbekistonda chet elliklar uchun birorta sayt bo‘lmagan, hamma chet el saytlaridan foydalangan.

— Surxondaryoda birorta turistik klassdagi avtobus yo‘q, Qashqadaryoda esa ikkita xolos. Bizga kamida 100 ta avtobus, 300-400 ta minibus kerak, — deydi Aziz Abduhakimov.

Shuningdek, eng katta yangiliklardan biri — endilikda Toshkent metropolitenida fotosurat va videolavhaga olish taqiqlanmaydi. Aziz Abduhakimovning aytishicha, bundan buyog‘iga suratga olishni taqiqlovchi belgi bo‘lmagan joylarda foto va videosyomka qilish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kutilgan xabar! Endi Toshkent metropolitenida suratga olish taqiqlanmaydi