17:10 / 07.02.2018
5 008

Toshkentda Matiz haydovchisi 27 yoshar yigitni urib ketib, qochib qoldi

Toshkentda Matiz haydovchisi 27 yoshar yigitni urib ketib, qochib qoldi
Joriy yilning 5 fevral kuni soat 23:00 atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani TXAY ko‘chasida Matiz avtomobilini boshqarib kelayotgan haydovchi piyodani urib yuborgan. Haydovchi YTH haqida na ichki ishlar idoralariga va na tez yordamga xabar bermay voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan.

YTHda jabrlangan piyoda 1991 yilda tug‘ilgan yigit bo‘lib, u “bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinib siljishi” tashxislar bilan 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga olib borilgan.

Shu kunning o‘zida, Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida haydovchi qo‘lga olingan. Ma’lum qilinishcha, piyodani urib ketib, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan haydovchi 1980 yilda tug‘ilgan Zoir Kaxramonovich Sultonov bo‘lib chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan Zoir Kaxramonovich Sultonovga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, uning avtomashinasi jarima maydonchasiga qo‘yilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Matiz haydovchisi 27 yoshar yigitni urib ketib, qochib qoldi