23:39 / 07.02.2018
5 760

Masjidda o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi

Masjidda o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi
4 fevral kuni 18:45 lar orasida D.Sh. (1994 yilda tug‘ilgan) «Zangiota» jome’ masjidining tahoratxonasida qarovsiz qoldirilgan qora kurtka hamda ichidagi pasportni o‘g‘irlab, juftakni rostlagan.

Aniqlanishicha, kurtka fuqaro M.X.ga (1998 yilda tug‘ilgan) tegishli bo‘lgan. Ichki ishlar xodimlarining tezkor tadbiri natijasida fuqaro D.Sh. ushlangan.

Ushbu holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi va 227-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, tuman ichki ishlar boshqarmasi tergov bo‘limi tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.

Odamlar masjidlarga ko‘nglini, qalbini poklagani borsa, ayrim insofidan ayrilgan kimsalar bu muqaddas joyda o‘g‘rilik sodir etib, ikki karra gunohga botadilar va qolaversa, qonun oldida ham mulzam bo‘lib qoladilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Masjidda o‘g‘irlik sodir etgan shaxs ushlandi