Davlat rahbari tashabbusi bilan Olmazor tumani Qichqiriq kanali bo‘yida madaniyat va istirohat bog‘i barpo etilishi rejalashtirilgan edi. Shavkat Mirziyoyevga mazkur park loyihasi yuzasidan ma’lumot berildi.
Bog‘da bolalar va sport maydonchalari, zamonaviy attraksionlar tashkil etiladi. Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon nomidagi kutubxonalar, Nuroniylar maskani quriladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident kutubxonalarning poytaxt maktablari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, Abdulla Qodiriy va Cho‘lpon ijodini yoshlarga chuqurroq o‘rgatish zarurligini ta’kidladi.
Aholining dam olishi uchun qulayliklarni oshirish, xususan, Nuroniylar maskanida choyxona va askiya markazi tashkil qilish, yaqin joyda poliklinika barpo etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida «Xavfsiz shahar» konsepsiyasi asosida olib borilayotgan ishlar bilan ham tanishdi.
Davlat rahbari uyma-uy yurib, odamlar bilan suhbatlashish, ularning muammolarini hal qilishga ko‘maklashish, ish o‘rinlari yaratish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?