22:00 / 09.02.2018
6 722

5 yoshli Kibriyoxonning o‘limida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

5 yoshli Kibriyoxonning o‘limida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
Biroz avval, Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida 5 yashar qizaloq – Kibriyoxon noma’lum kimsa tomonidan olib qochilgani, so‘ng uning jonsiz jasadi qonga belangan holatga topilgani haqida xabar bergan edik.

Guvohlarga ko‘ra, Kibriyoxonni 30-35 yoshlardagi erkak velosipedida olib ketgandi.

Bugun, 9 fevral kuni ichki ishlar organlari tomonidan olib borilgan tezkor qidiruv natijasida gumondor shaxs O.A. qo‘lga olingani ma’lum qilindi. Gumondor Qo‘shtepa tumanida qo‘lga tushgan.

Ayni damda surishtiruv ishlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 5 yoshli Kibriyoxonning o‘limida gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi