Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchilar Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarini ololmayotganlari yoki eskisini yangisiga almashtira olmayotganlarini ma’lum qilishgan. Ba’zi foydalanuvchilar bu ma’lumotlar bazasi yoki qurilmaning buzilib qolgani bilan bog‘langanini ta’kidlashgan.
Biroq Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasida bu taxminlar rad etildi va guvohnomalar berilishi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshqa yerga ko‘chib o‘tayotgani tufayli to‘xtatilgani ma’lum qilindi.
“Ko‘chib o‘tish yakunlanishi va barcha serverlar ishga tushishi bilan biz pasportlarni ham, haydovchilik guvohnomalarini ham berishni boshlaymiz”, deb aytgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev matbuot anjumanida.
Biroq Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasining ko‘chib o‘tishi yakunlanishi aniq muddatlari bo‘yicha aniqlik kiritilmagan. Avvalroq 11 fevral sanasi aytilgandi, biroq 8 fevralda ushbu jarayon biroz cho‘zilishi mumkinligi aytilgan.
Ayni vaqtda yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari 4 ta joyda: Fayzoboddagi Toshkent shahar IIBB YHXB Imtihon olish va qayd qilish bo‘limi hamda Chilonzor, Yunusobod va Sergeli tumanlararo imtihon olish bo‘limlarida berilayotgandi.
Yangi turdagi haydovchilik guvohnomalari 10 yillik muddatga berilmoqda. Amaldagi haydovchilik guvohnomalarining yangisiga almashtirilishi 2017 yil 1 oktyabrdan 2018 yil 31 dekabrgacha ko‘ngilli tarzda, 2019 yil 1 yanvardan 2020 yil 31 dekabrgacha majburiy tarzda amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi