14:25 / 10.02.2018
6 339

Pora bilan qo‘lga olingan IIB xodimi sud zalidan ozod etildi

Pora bilan qo‘lga olingan IIB xodimi sud zalidan ozod etildi
IIB katta inspektori ta’magirlikda gumonlanib tegishli huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan edi.

Kecha, 9 fevral kuni Nukus shahar “Juvazshi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Juzimbog‘ ko‘chasida istiqomat qiluvchi 1989 yilda tug‘ilgan M.N ning sud ishi ko‘rildi.

Unda jamoatchilik vakillari, jumladan Yoshlar yetakchisi ishtirok etdi.

U O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha sud qilinib, Sud jarayoni 2018 yil yanvar oyida ikki marotaba o‘rganib chiqildi.

Mazkur sud ishi joriy yil 2 fevral kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Xo‘jayli tuman sudida yana bir bor ko‘rildi.

Fuqaro M.N ni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi o‘z kafilligiga oldi va u sud zalidan ozod qilindi.

Yoshlar ittifoqi tez kunlarda uning bandligini ham ta’minlash uchun harakatni boshlab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pora bilan qo‘lga olingan IIB xodimi sud zalidan ozod etildi