19:39 / 10.02.2018
4 424

Shu yil 22 martdan boshlab Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi

Shu yil 22 martdan boshlab Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi
O‘tgan yilda 2018 yil bahorida Toshkentdan Issiqko‘lga temir yo‘l qatnovi ochilishi haqida xabar berilgandi. Ana shu yo‘nalishdagi “Toshkent –– Baliqchi – Toshkent” poyezd qatnovi shu yil 22 martdan boshlab qayta yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda “Qirg‘iz temir yo‘llari” milliy kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qatnov haftasiga bir marta bo‘ladi. Poyezd 22 mart kuni Toshkentdan yo‘lga chiqsa, 23 mart kuni Baliqchiga yetib boradi. 24 mart kuni bu shahardan ortga qaytadi va 25 mart kuni poytaxtga kirib keladi. Ushbu poyezd tarkibida 7 ta yirik vagon, 3 ta platskart vagoni va vagon-restoran joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shu yil 22 martdan boshlab Issiqko‘lga poyezdda borish mumkin bo‘ladi