2018 yil 10 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida vazir Eron Prezidentiga uchrashuv o‘tkazish va O‘zbekiston-Eron muloqotining dolzarb masalalarini muhokama qilish imkoniyati uchun minnatdorlik bildirdi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hasan Ruhoniy va Eron xalqiga samimiy tilaklarini yetkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Eron prezidentlarining 2017 yil 10 sentyabrda Ostona shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtai-nazaridan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Suhbatda qator mintaqaviy muammolar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Afg‘oniston inqirozini siyosiy hal qilish jarayonini boshlash uchun birgalikdagi xalqaro sa’y-harakat muhimligi qayd etildi.
Eron rahbari “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazishga doir O‘zbekiston tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa siyosiy va iqtisodiy masalalar ham muhokama qilindi.
Komilov Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazilishi haqida 2018 yil 19 yanvarda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tgandi. Komilovning aytishicha, ushbu konferensiyaga Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Xitoy, AQSh, Janubiy Koreya, Hindiston, Eron, Pokiston, Turkiya, Saudiya Arabistoni va BMT bosh kotibi taklif qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi