Bir guruh xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi

  • 12 fevral 2018, 18:50
  • 4 599
  • Jamiyat
  • Bir guruh xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi
    2018 yil 4 fevral kuni 4 nafar noma’lum shaxslar yuzlariga niqob kiyib, pichoq bilan qurollangan holda Qashqadaryo viloyati, Kasbi tuman hududida A. va B. ismli shaxslarning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda bostirib kirib, qimmatbaho buyumlarni talab qilishgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

    Xonadonda hech qanday qimmatbaho buyumlar bo‘lmaganligi sababli A. va B. ismli shaxslarni o‘ldirish bilan qo‘rqitib, 500 AQSh dollarini berishni talab qilishib, pulni 3 kun ichida tayyorlab qo‘yishni va aytilgan manzilga yetkazib berishni aytib, hodisa joyidan yashiringanlar.

    Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan noma’lum shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida 2018 yil 9 fevral kuni ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilingan V., G., D. va Ye. ismli shaxslar qo‘lga olindi.

    Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bir guruh xavfli bosqinchilar qo‘lga olindi