Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar bermoqda.
Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Kvon Yon U Toshkent shahrida ochilgan O‘zbekiston – Koreya Respublikasi biznes forumida bu haqda ma’lum qilgan.
“Koreya va O‘zbekiston o‘rtasida 1992 yilda diplomatik aloqalar o‘rnatilgandan so‘ng, dunyo hamjamiyati barcha mamlakatlarining havasini keltiradigan o‘zaro ishonchga asoslangan aloqalar yuzaga keldi. Biz juda yaqin do‘stlarga aylandik”, — deydi elchi.
Elchining aytishicha, aynan hozir Janubiy Koreya koorporatsiyalari O‘zbekiston bilan hamkorlikni jiddiy olib borishi kerak. U mazkur biznes-muloqot doirasida tomonlar ko‘plab amaliy natijalarni qo‘lga kiritishlariga umid bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘z ishini boshlagan biznes forumda 60ga yaqin xorijlik mehmonlar ishtirok etayapti. Janubiy Koreya delegatsiyasiga ushbu mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Kim Dong Yon boshchilik qilayapti. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi