09:38 / 14.02.2018
5 450

Adliya vazirligi: «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanmoqda

Adliya vazirligi: «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanmoqda
Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlikning telegrammdagi kanalida xabar berildi.

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha qaror loyihasi tayyorlanmoqda