16:20 / 14.02.2018
7 027

Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi

Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi
Qoraqalpog‘iston IIV patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi hamda Milliy gvardiya hamkorligida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Nukus shahrida otliq va velosipedli patrul xizmati faoliyati yo‘lga qo‘yilgani ushbu hamkorlikning amaliy samarasidir.

– Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan "Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat" konsepsiyasi asosida tashkil etilgan bunday xizmat o‘z samarasini bermoqda, – deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ye.Qayipnazarov. – Jumladan, 2018 yil yanvar oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jinoyatchilik keskin kamaydi. Patrul-post xizmati bataloni va Milliy gvardiya xodimlari ko‘cha va xiyobonlarda, jamoat joylarida doimiy tezkor tekshiruvlar, profilaktika tadbirlari o‘tkazayotir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda otliq va velosipedli patrul xizmati yo‘lga qo‘yildi