22:38 / 14.02.2018
8 556

"Yagona darcha" markazlarida 14 ta yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi

"Ягона дарча" марказларида 14 та янги хизмат турлари пайдо бўлади
Xalq qabulxonalarida ochilgan “yagona darcha” markazlarida yaqin orada 10dan ortiq yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda, Sputnik nashri.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi xabariga ko‘ra, 2018 yilning 1 aprelidan boshlab “yagona darcha” markazlarida mavjud bo‘lgan xizmatlar qatoriga yuridik va jismoniy shaxslar uchun yana 14 ta yangi xizmat turlari qo‘shiladi.

Yangi xizmatlar quyidagilar bo‘ladi:
  • yuridik va jismoniy shaxslarni gaz, issiqlik ta’minoti, suv va kanalizatsiya tarmoqlariga ulash;
  • binolar tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, ta’mirlashga ruxsatnoma olish;
  • ob’ektlar faoliyat turini o‘zgartirish va ularni qayta ta’mirlash uchun ruxsatnoma;
  • me’morchilik-reja topshirig‘i ishlab chiqarish;
  • loyiha hisob-kitob hujjatlarini muvofiqlashtirish;
  • qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ruxsatnoma berish;
  • qurilishi, ta’mirlanishi bitgan binolarni qabul qilib olish;
  • o‘rmon fondiga kirmagan daraxtlarni kesishga ruxsatnoma berish;
  • suv ta’minoti ob’ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish;
  • o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanishga ruxsat berish va boshqalar.

Eslatib o‘tamiz, xalq qabulxonalari huzurida tashkil qilingan Davlat xizmatlari markazlari 2018 yilning 1 yanvaridan boshlab ishga tushirilgan edi. Ushbu markazlarning asosiy ishlash tamoyili — “fuqarolar emas, hujjatlarni harakatlantirishdir”. Bir necha yil ichida ushbu markazlar orqali 60 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatish rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » "Yagona darcha" markazlarida 14 ta yangi xizmat turlari paydo bo‘ladi