Samarqand shahrida pichoqbozlik yuz berdi

  • 15 fevral 2018, 12:35
  • 4 469
  • Jamiyat
  • Самарқанд шаҳрида пичоқбозлик юз берди
    2018 yil 13 fevral kuni Samarqand shahrida A. ismli shaxs o‘zaro kelib chiqqan janjal oqibatida B. va V. ismli shaxslarni oshxona pichog‘i bilan urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

    Ushbu holat yuzasidan Samarhand shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “a” bandi, ya’ni ikki va undan ortiq shaxsga nisbatan qasddan og‘ir shikast yetkazish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Hozirda jinoyatning kelib chiqish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni o‘rganilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Samarqand shahrida pichoqbozlik yuz berdi