Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida kecha, 14 fevral kuni soat 11:35 larda viloyat IIB YHXB YPX inspektori kichik serjanti S.R. Beshkent shahridagi Hamza — Mustaqillik ko‘chalari chorrahasida xizmat olib borayotib, shu yerda harakatlanib kelayotgan M.M. boshqaruvidagi «Lada-Largus» rusumli avtomashinani to‘xtatgan.
Xodim haydovchi M.M.dan avtomashina hujjatlarini so‘raganida, u xodimning qonuniy talablariga bo‘ysunmay, unga qarshilik ko‘rsatib kichik serjant S.R.ning yuziga urib, jarohat yetkazgan va avtomashinani haydab, voqea joyidan qochib ketgan.
Natijada kichik serjant S.R. kasalxonaga yotqizilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida M.M. qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!