00:02 / 16.02.2018
16 682

Endi ko‘chmas mulk kadastr qiymatini internet orqali bilishingiz mumkin

Endi ko‘chmas mulk kadastr qiymatini internet orqali bilishingiz mumkin
Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk kadastr qiymatini bilish imkonini beruvchi onlayn-xizmatini ishga tushirdi.

Mazkur xizmatdan boshqarmaning “Odnookno.uz” sayti orqali foydalanish mumkin. Narxni bilish uchun ko‘chmas mulk turi (kvartira, shaxsiy uy, noturar joy) va kadastr raqamini ko‘rsatish lozim.

Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab jismoniy shaxslar uchun mol-mulk solig‘i ko‘chmas mulkning kadastr qiymatidan kelib chiqib o‘rnatilayapti. Soliq stavkasi ko‘chmas mulk kadastr qiymatining 0,2 foizi hajmida belgilangan.

Ma’lumot uchun, “Bir oyna” bo‘limi kadastr inshootlariga mulkiy huquqqa ega bo‘lgan buyurtmachilar bilan ishlash, ko‘chmas mulkka kadastr ishini shakllantirish buyurtmasini bajarishni nazorat qilish va barcha ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha boshqa tegishli kadastr hujjatlarni tayyorlash kabi yo‘nalishlar bilan shug‘ullanadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi ko‘chmas mulk kadastr qiymatini internet orqali bilishingiz mumkin