14:38 / 16.02.2018
5 591

Endi kommunal to‘lovlardan qarzdorlik plastik kartochkadan ruxsatsiz pul yechib olinadi

Endi kommunal to‘lovlardan qarzdorlik plastik kartochkadan ruxsatsiz pul yechib olinadi
Shavkat Mirziyoyev “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonga imzo chekdi.

Bu haqda Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida e’lon qilindi.

Farmonga asosan prokuratura organlarida bir qator yangi boshqarmalar tashkil etilib, ayrimlari tugatilmoqda. Shu bilan birgalikda Bosh prokurorga yuridik ixtisoslikka ega bo‘lmagan yuqori malakali mutaxassislarni prokuratura organlariga ishga olish huquqi berilmoqda.

"Suvoqova" va "Suvsoz" davlat korxonalarida 2852 ta shtat qisqartirilib, Majburiy ijro byurosiga qo‘shimcha ravishda 2852 ta shtat birligi ajratilmoqda.

2018 yil 1 martdan boshlab turar joyga propiska qilingan voyaga yetgan shaxslar kommunal to‘lovlar bo‘yicha uy mulkdori bilan birgalikda (solidar) javobgar hisoblanadi.

Majburiy ijro byurosiga energoresurslar bo‘yicha qarzdorliklari mavjud bo‘lgan iste’molchilarning plastik kartalarining hisob raqamlaridan eng kam oylik ish haqining 2 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi pul mablag‘larini har oyda so‘zsiz yechib olish huquqi berildi.

Bundan tashqari 2018 yil 1 mayga qadar ijro hujjatlari va kommunal to‘lovlardan qarzdorligi mavjud shaxslarning ma’lumotlari aks ettirilgan umumfoydalanishdagi ma’lumotlar bazasi yaratiladi.

Mazkur bazaga kiritilgan qarzdor jismoniy va yuridik shaxslar yirik bitimlar tuzish, ayrim turdagi moliya-kredit, xalqaro yo‘lovchi tashish va davlat xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Endi kommunal to‘lovlardan qarzdorlik plastik kartochkadan ruxsatsiz pul yechib olinadi