15:20 / 16.02.2018
4 953

Prezident topshirig‘i: qoidabuzar piyodalarga keskin chora ko‘riladi

Prezident topshirig‘i: qoidabuzar piyodalarga keskin chora ko‘riladi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonning bir qator shaharlarida yo‘l harakati qoidalarini buzayotgan nafaqat haydovchilar, balki piyodalar ham ko‘p uchramoqda. Bu, ayniqsa, Toshkent shahrida, hattoki, piyodalar belgilanmagan joydan o‘tmasligi uchun maxsus to‘siqlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan, katta muammoga aylandi.

«Xabar» nashrining yozishicha, qoidabuzarlar endi jazodan qutulib qolmaydi. Chunki Prezident Shavkat Mirziyoyev Ichki ishlar vazirligiga piyodalarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini yuksaltirish vazifasini topshirgan. Endi huquqni muhofaza qiluvchi organlar qoidabuzar piyolarning harakatini jiddiy nazoratga oladi. Ya’ni yo‘l harakati qoidalarini buzgan piyodalarga keskin chora ko‘riladi — qoidabuzarlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, belgilanmagan joydan yoki svetoforning qizil chirog‘ida yo‘lni kesib o‘tgan piyodalar jarima to‘laydi. Shuningdek, yo‘lni kesib o‘tish chog‘ida telefonda suhbatlashish, kitob yoki gazeta o‘qish, audio eshitish hamda video tomosha qilish ham jarima to‘lashga sabab bo‘ladi.

Ushbu qoidabuzarliklar uchun jarima miqdori eng kam ish haqining uchdan bir qisini tashkil etadi. Agar ushbu qoidabuzarlik avariya xavfini keltirib chiqarsa, jarima summasi EKIHning bir barobariga qadar ko‘payishi ham mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident topshirig‘i: qoidabuzar piyodalarga keskin chora ko‘riladi