22:30 / 16.02.2018
11 432

Toshkentdagi 16 fevral voqealariga 19 yil to‘ldi (video)

Toshkentdagi 16 fevral voqealariga 19 yil to‘ldi (video)
1999 yil 16 fevral kuni, soat 10:45—12:00 oralig‘ida Toshkentning turli nuqtalarida oltita portlash yuz bergan edi, deb yozadi Darakchi nashri.

Ushbu video lavhada O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov, o‘sha kuni Toshkentda sodir bo‘lgan bir qator portlashlardan so‘ng Mustaqillik maydoniga yetib kelgan payti aks etgan.

Terakt Toshkent shahrining bir necha joylari, shular qatorida Mustaqillik maydoni, Ichki ishlar vazirligi va Milliy bank binolari yonida sodir bo‘lgan. Terroristik xurujlar natijasida 16 ta inson hayotdan ko‘z yumgan hamda 100 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi 16 fevral voqealariga 19 yil to‘ldi (video)