23:35 / 16.02.2018
6 510

Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)

Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahrining tarixiy qismida turizm sohasini yanada rivojlantirish konsepsiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgani haqida xabar bergan edik.

Prezident jahon tajribasi asosida sayyohlarga barcha qulayliklarni yaratish, ularning xavfsizligini ta’minlash, ko‘ngilochar dasturlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Davlat rahbari shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini ta’mirlash va tiklash, hududdan o‘tgan avtomobil yo‘llari va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rekostruksiya qilish kabi loyihalar bilan tanishdi.

Shuningdek, sayyohlarning e’tiborini jalb etish uchun havo sharlari, maxsus elektrokarlar, xavfsiz turizm kabi bir necha loyihalar ham taqdim etildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalqaro turizm: Buxoroda elektrokar, havo shari va boshqalar (video)