15:00 / 19.02.2018
6 575

Namanganda chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topildi

Namanganda chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topildi
Namangan shahrining Sardoba mahallasidagi chiqindixona yonidan chaqaloq jasadi topildi. Bu haqda Namangan shahar IIB ma’lum qildi.

Joriy yil 16 fevral kuni Namangan shahridagi Sardoba mahallasining Navoiy ko‘chasida joylashgan “Alimpus” rasmxonasi ortidagi chiqindixona yonidan yangi tug‘ilgan, erkak jinsiga mansub chaqaloq jasadi topilgan.

Jasad selofanga o‘rab tashlab ketilganligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Namangan shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda chiqindixona oldidan chaqaloq jasadi topildi