12:35 / 20.02.2018
7 967

O‘zbekistonda kuyovsiz nikoh to‘yi o‘tkazildi

O‘zbekistonda kuyovsiz nikoh to‘yi o‘tkazildi
Rossiya Federatsiyasi tomonidan aeroportda Krasnoyarsk fuqarosi xorijga chiqishi taqiqlandi. Boisi uning qarzdorligi aniqlandi. Fuqaro O‘zbekistonda uylanish uchun uchib kelishi kerak edi. Kuyov yetib kelolmagani bois to‘y marosimi kuyovsiz o‘tdi. Bu haqda «Xabar» saytida ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bo‘lajak kuyov mast holatda avtomashina boshqargani va bu holatda ulovni boshqa shaxsga bermagani uchun jarima qo‘llanilgan bo‘lsa-da, shu vaqtgacha pul to‘lanmagani sababli samolyot bortiga qo‘yilmagan.

Federal sud ijrochisining ma’lumotlariga ko‘ra, qarz miqdori 60 ming rublni tashkil qilgan. Mazkur qarzdorlik to‘y kuyovsiz o‘tishiga sabab bo‘ldi.

To‘y baribir o‘tdi. Jarimani esa kuyovning otasi to‘ladi. Belgilangan muddatdan so‘ng kuyov O‘zbekistonga keldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda kuyovsiz nikoh to‘yi o‘tkazildi