06:04 / 21.02.2018
5 853

Kaptiva haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Kaptiva haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Toshkent viloyatida 18 fevral kuni kech soat 20:30 atrofida mudhish yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda dia.uz muxbiriga huquq tartibot organlaridagi manba xabar bergan.

Toshkent Viloyatining Zangi-ota tumani “Nazarbek”QFY yo‘nalishida turmush o‘rtog‘ining Kaptiva mashinasini mingan haydovchi yo‘lning qarama-qarshi tarafida harakatlanib, “Vaz2106” mashinasiga to‘qnashib ketadi. Natijada Kaptiva haydovchisining yon o‘rindig‘ida o‘tirgan erkak va “Vaz2106” rusumli avtomobilning 34 yoshli haydovchisi voqea joyida halok bo‘ladi. Ushbu mashina orqa o‘rindig‘ida kelayotgan 4 nafar yo‘lovchilar esa jiddiy tan jarohatlari oladilar. Jarohatlanganlar tezkorlik bilan Toshkent viloyati kasalxonasiga yetkazilgan. Haydovchi ayol ustidan esa Toshkent viloyati prokuroturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kaptiva haydovchisi qarama-qarshi yo‘lga chiqib, 2 kishining hayotiga zomin bo‘ldi