13:06 / 21.02.2018
7 957

O‘zbekistonda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi (video)

O‘zbekistonda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi (video)
Videoda o‘qituvchi yuqori sinfda o‘qiydigan o‘quvchilardan birini doskaning oldiga olib chiqib musht bilan qattiq zarba berayotganini ko‘rish mumkin.

Maktablardan birining o‘quvchilari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan va turli bahslarga sabab bo‘layotgan bu voqea joyi hozircha, noma’lum.

Bu holatni shu xona oldidan o‘tib ketayotgan o‘quvchilardan biri tasvirga olgan, ammo o‘quvchi ham biroz qo‘rqibroq ushbu voqeani tasvirga olgani bois, voqea nima bilan tugagani tasvirga olinmagan.

Videoda o‘qituvchi yuqori sinfda o‘qiydigan o‘quvchilardan birini doskaning oldiga olib chiqib musht bilan qattiq zarba berayotganini ko‘rish mumkin.

UzNews.uz” bu voqeaga oydinlik kiritish uchun Xalq ta’limi vazirligiga murojaat qildi va afsuski hozircha Vazirlikdagilarning bu voqeadan xabari yo‘q ekan, lekin ular holatni o‘rganib, natijasi bo‘yicha ma’lumot berishga va’da berishdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda o‘qituvchi o‘z o‘quvchisini ayovsiz kaltakladi (video)