Ramzon Qodirovning o‘g‘illari qozog‘istonlik Abayning chaqirig‘iga javob berishdi

  • 21-02-2018, 16:30
  • 1 935
  • Jamiyat
  • Ramzon Qodirovning o‘g‘illari qozog‘istonlik Abayning chaqirig‘iga javob berishdi
    Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning 10 va 9 yoshli o‘g‘illari Ahmad va Adam Qodirov ularni jangga chorlagan qozog‘istonlik 10 yoshli bola Abay Tojiboyga javob berishdi. Abay videomurojaat orqali aka-ukalardan istalgan biri bilan ulardan MMA kamarini tortib olish uchun jang qilishga tayyorligini bildirgandi.

    Qodirovlar ham Abayga videomurojaat yo‘llashgan, deb yozmoqda Kun nashri.

    “Abay, sen haqiqiy erkaksan. Shu yo‘sinda davom ettiraver. Agar taqdir bizni uchrashtirsa, qafas oldida uchrashamiz, hayotda esa aka-uka bo‘lamiz. Respublikamizga kel, biz hamisha mehmonlarga xursandmiz”, deb aytgan Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Ahmad.

    “Abay, sen Qozog‘istonda yashab turib, bizning chiqishlarimizni kuzatayotganingdan xursandmiz. Sening chorlovingga kelsak, birinchidan, bizning vazn toifalarimiz turlicha, ikkinchidan, senda birorta jang va kerakli daraja yo‘q. Klubimizga kel, birga mashq qilamiz va sparring uyushtiramiz. Kel, do‘st bo‘lamiz”, deb aytgan 9 yoshli Adam.

    » » Ramzon Qodirovning o‘g‘illari qozog‘istonlik Abayning chaqirig‘iga javob berishdi