18:01 / 21.02.2018
5 723

“Ahmadboy” mashmashasiga aloqador yana 6 kishiga jazo tayinlandi

“Ahmadboy” mashmashasiga aloqador yana 6 kishiga jazo tayinlandi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida chinozlik “Ahmadboy” nomi bilan dong chiqargan Ahmadjon Tursunboyevga sud hukmi o‘qilgani xabar berilgandi. Unga 13 yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi berilgan. Lekin unga nisbatan amnistiya qo‘llanib, jazo muddatining to‘rtdan bir qismi qisqartirildi.

Shuningdek, Ahmadjon Tursunboyevning kuyovi Olmos Qo‘chqorov 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanishdan mahrum qilingan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, 52 mln 96 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. O.Qo‘chqorovga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.

Shuningdek, “Ahmadboy”ning 5 nafar jinoiy sherigiga nisbatan ham sud hukmi o‘qildi.

Izzatilla Ibrohimovga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.

Murodjon Tursunboyevga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 11 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati to‘rtdan bir qismga qisqartirildi.

Oybek Tursunboyevga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati uchdan bir qismga qisqartirildi.

Aziz Turdiyevga bir yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va 45 mln 584 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. A.Turdiyevga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati uchdan bir qismga qisqartirildi.

Ravshan Ismoilovga 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi va 52 mln 96 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Unga amnistiya qo‘llanib, ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati uchdan bir qismga qisqartirildi.

Sud qarori, apellyatsiya muddati tugaganidan so‘ng, hech bir tomon qayta ariza bilan murojaat qilmasa, kuchga kirgan hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Ahmadboy” mashmashasiga aloqador yana 6 kishiga jazo tayinlandi