08:32 / 22.02.2018
4 680

AQSHlik qo‘mondon general O‘zbekistonga keldi

AQSHlik qo‘mondon general O‘zbekistonga keldi
O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida Amerika Qo‘shma Shtatlari Mudofaa vazirligi Markaziy qo‘mondonligi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jeffer Xarrigan boshchiligidagi harbiy delegatsiya tashrif buyurdi, deb ma’lum qilmoqda Qalampir nashri.

AQSH harbiy mutaxassislari ishtirokida “Profilaktik tibbiyot bo‘yicha axborot almashinuvi” mavzusida seminar tashkil qilindi. Unda harbiy-tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan kursantlar, harbiy shifokorlar ishtirok etdi.

“Bu tadbirni harbiy-tibbiy ta’lim sohasidagi axborot almashinuvi, desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Albatta, mazkur seminar mashg‘ulotlarida yangiliklar ham ko‘p bo‘ldi. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalar sohasidagi ayrim yangiliklarni ta’lim tizimiga tatbiq etsak arziydi. Kelajakda bunday tadbirlarga ko‘proq xorijiy ekspertlar jalb qilinsa, mashg‘ulotlar samaradorligi yanada oshadi deb hisoblayman”, deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi harbiy-tibbiyot fakulteti boshlig‘i, tibbiy xizmat polkovnigi Jahongir Sabirov.

Martabali mehmon akademiya tarixi muzeyida bo‘ldi. O‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi, axborot-resurs markazi, kursantlarning yashash sharoitlari bilan tanishdi.

General Xarrigan bundan keyin ham ikki tomonlama hamkorlik aloqalari rivojiga umid bildirib, yurtimizga tashrifidan mamnunligini izhor qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSHlik qo‘mondon general O‘zbekistonga keldi