2018 yilning 13 yanvar kuni 3 nafar noma’lum shaxs Muqimiy ko‘chasida to‘xtab turgan “PREMIUM COMMUNICATIONS” MCHJga tegishli “Lasetti” rusumli avtomashinaga hujum qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ular avtomashina ichida bo‘lgan S.Sh. va Ya.Ya.ning turli joylariga urib-tepib tan jarohati yetkazib, pichoq va pnevmatik pistolet bilan qo‘rqitishgan hamda S.Sh.ni elektroshoker bilan urib, falaj holatga keltirib, unga tegishli 15 mln. so‘m hamda Ya.Ya.ga tegishli 8 mln. so‘m pullarni olib, voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Olmazor tumani R.Ashurov ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1984 yilda tug‘ilgan U.S. sodir etganligi aniqlanib qo‘lga olingan. Uning sheriklarini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi