07:05 / 23.02.2018
5 508

20 kunlik chaqaloqni sotish ustida qo‘lga tushganlar (video)

20 kunlik chaqaloqni sotish ustida qo‘lga tushganlar (video)
Toshkent viloyati IIB xodimlari tomonidan 20 kunlik chaqaloqni sotayotgan fuqarolar jinoyat ustida qo‘lga olingani haqida avval xabar berilgan edi.

Viloyat IIB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi, to‘rt bolaning onasi hisoblangan 38 yoshli 2018 yil 20 yanvar kuni tug‘ilgan qizini Farg‘ona viloyatining Bag‘dod va Rishton tumanlarida yashovchi fuqarolar bilan til biriktirib, 10 ming AQSH dollariga sotishga uringan vaqtida qo‘lga olingan.

“O‘zbekiston 24” telekanalida ushbu hodisa haqida lavha efirga uzatildi. Unda chiqish qilgan Toshkent viloyati IIB tergovchisi Ravshan Pardayevning so‘zlariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining mazkur qismi («odam savdosi, ya’ni odamni olish-sotish, o‘sha harakatlar 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etish) bo‘yicha aybdor deb topilganlar 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 20 kunlik chaqaloqni sotish ustida qo‘lga tushganlar (video)