13:40 / 24.02.2018
4 167

Samarqandlik “Robin Gud” hibsga olindi

Samarqandlik “Robin Gud” hibsga olindi
Fuqarolar avtomobillarining davlat raqamlarini o‘g‘rilab, evaziga pul talab qilayotgan gumondor turli ijtimoiy tarmoqlarda “Robin Gud” laqabini olgan edi.

Avvalroq, Samarqand viloyatida avtomobillarning davlat raqamlarini o‘g‘rilab, ularni qaytarib berish uchun pul talab qilayotgan firibgarlar guruhi paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Fuqarolar avtomobillarining davlat raqamlarini o‘g‘rilab, evaziga pul talab qilayotgan gumondor turli ijtimoiy tarmoqlarda “Robin Gud” laqabini oldi. Chunki u talab qilayotgan pullarining yarmi xayriya uchun ishlatilishini ma’lum qilgan edi.

Samarqand shahar IIB ma’lum qilishicha, holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlaridan keyin Samarqand shahri Tutzor MFY, Pomir ko‘chasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Bekzod Suxrobovich Tolibjonov yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etishda gumon qilinayotgan shaxs sifatida ushlangan.

U shahardagi Sattepo maskanida joylashgan “Turizm” kollejida “Mehmonxona va restoran biznesi” yo‘nalishining 2-bosqich o‘quvchisi ekani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar IIB Tergov bo‘limi shug‘ullanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandlik “Robin Gud” hibsga olindi