22:25 / 24.02.2018
5 660

Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi

Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi
2017 yilda Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Bayram Kusekeyev ma’lum qilgan.

Birinchi turistik kompleks Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanidagi Aq tumsiq manzilida “Tazabay Grand Service” MCHJ tomonidan tashkil qilingan.

Shuningdek, shu joyning o‘zida – Orol dengizi sohilida “Muinok tour” MCHJ tomonidan ikkinchi turistik baza ochilgan.

Tashkilotlar tomonidan sayyohlarga dam olish, ovqatlanish va transport xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Turistik komplekslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi “2017-2021 yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Orol dengizi bo‘yida ikkita turistik kompleks tashkil qilindi