21:30 / 26.02.2018
5 344

Mirziyoyev keyingi hafta Tojikistonga boradi

Mirziyoyev keyingi hafta Tojikistonga boradi
Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bahor oylaridan birida Tojikiston Respublikasiga safar qilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edik.

Shavkat Mirziyoyev 9-10 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi.

Mazkur tashrifga tayyorgarlik ko‘rish va uni tashkillashtirish borasida O‘zbekiston va Tojikiston Bosh vazirlari Abdulla Aripov va Qohir Rasulzoda Farg‘ona shahrida tayyorgarlik uchrashuvi o‘tkazgan edilar.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston Prezidentiga Tojikiston Milliy universitetining fan doktori faxriy unvoni berilishi kutilmoqda.

Uchrashuvga qadar ikki mamlakat o‘rtasida bir qator muhim masalalar yuzasidan kelishuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, sakkiz yildan so‘ng O‘zbekiston-Tojikiston chegara posti qayta ochildi, Toshkentda Tojikiston elchixonasi uchun 1 gektar yer ajratiladigan bo‘ldi va Toshkentda Tojikiston savdo uyi o‘z ishini boshladi.

Bo‘lajak uchrashuv davomida turli sohalarda ikki tomonlama hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilib, bir qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirziyoyev keyingi hafta Tojikistonga boradi