Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish uskunalari shu paytgacha har 4 yilda davlat ko‘rigidan o‘tkazib kelinardi. Endilikda bu jarayon elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasi doirasida o‘rnatiladigan hisoblagichlar uchun “O‘zstandart” agentligi tomonidan 10 yilda amalga oshiriladi.
Bunda hisobga olish uskunalarini davlat ko‘rigiga topshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Majburiy ijro byurosi tomonidan ta’minlanadi.
Xo‘sh, elektr energiyasi va tabiiy gaz iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi dastlab qaysi hududlarda joriy qilinadi?
“O‘zbekenergo” mutaxassisi Samandar Qorayev hamda “O‘ztransgaz” axborot xizmati boshlig‘i Behzod Berdiyev “O‘zA”ga bergan intervyusida bu haqda ma’lumot berishdi.
– Prezident qaroriga muvofiq Fransiyaning “Sagemcom” kompaniyasi va “Toshelektroapparat” MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy elektr energiyasini hisobga olish uskunalari “O‘zbekenergo” tomonidan o‘rnatiladi, – dedi Samandar Qorayev. – Amaldagi hisoblagichlar elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanish uchun mos kelsa, foydalanish uchun yaroqli hisoblanadi. Aksincha, ular o‘rniga yangi hisoblagichlar o‘rnatiladi. Umuman, eski hisoblagichlarni yangilariga to‘liq almashtirish muddati 2021 yil oxiriga belgilangan. Dastlab Toshkent shahri, viloyatlar markazlarida, keyingi bosqichda boshqa shahar va qishloq hududlari qamrab olinadi.
– Zamonaviy gaz hisoblagichlar o‘rnatish muddati 3 yilga mo‘ljallangan, – deydi Behzod Berdiyev. – Bu jarayon 3 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda 28 shahar, Toshkent viloyatining Zangiota, Toshkent, Qibray va Yangiyo‘l tumanlaridagi xonadonlarga 1 milliondan ortiq uskuna o‘rnatiladi. Keyingi bosqichlarda mamlakat gaz ta’minoti tuman (shahar) filiallariga qarashli aholi xonadonlari qamrab olinadi. Rejaga ko‘ra, zamonaviy gaz hisoblagichlari aholi xonadonlariga “O‘ztransgaz” tomonidan o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?