06:03 / 27.02.2018
6 538

Osiyo chempioni Rustam Ashurmatov YPX xodimi uni nega to‘xtatganini aytdi

Osiyo chempioni Rustam Ashurmatov YPX xodimi uni nega to‘xtatganini aytdi
Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Osiyo chempioni Rustam Ashurmatovning Prezident sovg‘asi — “Malibu”ni yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xatgani aks etgan surat ommalashib ketdi.

“Offside.uz” nashri ana shu masalaga oydinlik kiritish maqsadida futbolchi bilan bog‘landi.

— Rustam, bugun ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasmga izoh bera olasizmi? Nima bo‘lgan edi?
— Assalomu alaykum. Aslida ijtimoiy tarmoqlardagi fikr bildirilganchalik hech qanday ish bo‘lgani yo‘q. Ertalab mashg‘ulotlarga ketayotgan vaqtimda yo‘l patrul xizmati xodimi to‘xtatdi. Yo‘l chetida to‘xtadim va hujjatlarimni taqdim etdim. YPX xodimi hujjatlarimni tekshirdi va qachon davlat raqami taqishimni so‘radi. Men 2—3 kunda davlat raqami olishimni aytdim va hujjatlarimni qaytarib berdi. Boshqa hech qanday gap yo‘q.

— Siz qoida buzmagandingizmi? Faqat hujjatlarni tekshirish uchun to‘xtatdimi?
— Xuddi shunday. Qoida buzganim yo‘q, ular to‘xtatib hujjatlarim joyida ekanligini tekshirishdi, xolos.

— Ijtimoiy tarmoqlarda fikr bildirgan muxlislarga nima deysiz?
— Nima deyishim mumkin, biz ham hamma qatori insonmiz. Eng avvalo qoidalarga bo‘ysunishimiz shart va qonun oldida chempionmi yoki oddiy insonmi hamma barobar. Shuni tushungan holda yo‘lda yurganda qoidalarga bo‘ysunamiz, qoidalarni buzadigan bo‘lsak xuddi futboldagi kabi qoida buzganimiz uchun jazolanishimizni boshqalardan ko‘ra yaxshiroq anglaymiz. Har xil gap so‘zlarga ishonmasligingizni so‘rab qolaman.

- Yangi mavsumda sizga va jamoangizga omad tilaymiz.
- Rahmat.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Osiyo chempioni Rustam Ashurmatov YPX xodimi uni nega to‘xtatganini aytdi