To‘y korteji haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi (video)

  • 27 fevral 2018, 23:02
  • 3 527
  • Jamiyat
  • To‘y korteji haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi (video)
    2018 yilning 25 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda to‘y kortejining haydovchilari Toshkent shahri ko‘chalarda harakatlanib, yo‘l harakati xavfsizligiga kasddan tahdid solganliklari aks ettirilgan videorolik paydo bo‘lgan edi.

    Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etgan haydovchilarni aniqlashga qaratilgan qidiruv ishlari amalga oshirildi. Natijada quyidagi transport vositalarining haydovchilari huquqbuzarlik sodir etganliklari aniqlandi:

    - 01 D 722 XA davlat raqam belgili “RANGE ROVER” rusumli avtomashina;
    - 01 A 722 AB davlat raqam belgili “RANGE ROVER” rusumli avtomashina;
    - 01 T 722 XA davlat raqam belgili “RANGE ROVER” rusumli avtomashina;
    - 01 F 722 ZA davlat raqam belgili “RANGE ROVER” rusumli avtomashina;
    - 01 C 222 AB davlat raqam belgili “Mercedes Benz” rusumli avtomashina;
    - 01 151 VCA davlat raqam belgili “Saturn sky” rusumli avtomashina.

    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan transport vositalari xaydovchilariga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirildi.

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining MJtKning 129-moddasi: «Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib va mototsikllar va boshqa transport vositalari haydovchilarining yo‘llarda yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi (hozirgi kunda 516 720 so‘mni tashkil etadi).

    Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, eng kam ish haqining besh baravari miqdorida jarima solishga (hozirgi kunda 861 200 so‘mni tashkil etadi) yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oydan bir yilgacha muddatga mahrum etishga sabab bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » To‘y korteji haydovchilari ma’muriy javobgarlikka tortildi (video)