Islom Karimov nomidagi Farg‘ona viloyat Teatr-konsert saroyida Majburiy ijro byurosining tuman va shahar bo‘limlari inspektorlariga moped-skuterlarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat axborot xizmati xabariga asosan Xabar nashri ma’lum qilmoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-torojlikning oldini olish, sud qarorlari va boshqa hujjatlarning ijrosini so‘zsiz ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilyapti.
Marosimda Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Murodxon Ahmedov hamda viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Ismoilov ishtirok etdi.
Tadbirda 3 nafar byuro rahbariga xizmat avtomashinalari, barcha tuman va shahar byuro inspektorlariga zamonaviy moped ulov — skuter kalitlari tantanali ravishda topshirildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi